"NamMQI olimpiadasi"ning viloyat bosqichi o‘tkazildi
Umumta'lim maktablari 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha "NamMQI olimpiadasi"ning viloyat bosqichi o‘tkazildi
Viloyat bosqichi adolatli va shaffof tarzda tashkillashtirildi. Eng yuqori ballni qo‘lga kiritgan 10 nafar maktab o‘quvchi keyingi OTM bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
OTM bosqichi 29 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Ushbu bosqich yakunida eng yuqori ballni qo‘lga kiritgan 3 nafar o‘quvchi Namangan muhandislik-qurilish institutining Axborot tizimlari va texnologiyalari ta'lim yo‘nalishiga to‘lov- shartnoma asosida imtihonsiz o‘qishga qabul qilinadi va birinchi o‘quv yili uchun mablag‘ institut tomonidan to‘lab beriladi.
NamMQI media markazi