• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI olimlarining loyihasi GIZ grantiga sazovor boʻldi

Germaniyaning xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) ilmiy loyihalar uchun grantlar tanlovini   oʻtkazdi.

Respublika OTMlaridan 50 ta loyiha tanlovda ishtirok etib,  yakunda 7 ta loyiha gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Quvonchli tomoni, ular sirasida Namangan muhandislik-qurilish instituti loyihasi ham bor.

Qurilish fakultetining “Binolar va inshootlar qurilishi” kafedrasida professor Sobirjon Razzoqov rahbarligida ishlab chiqilgan “Tabiiy bazalt toshdan olingan bazalt tolalari bilan temir-beton konstruksiyalarini dispers armaturalash asosida  mustahkamligini oshirish”  loyihasi GIZ eʼtirofiga sazovor boʻldi. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun 582 mln soʻm ajratilishi belgilandi.

Tabriklaymiz!

  • Share :