NamMQI Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi «Ochiq eshiklar kuni» tadbirini o‘tkazdi
NamMQI Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi Sanoatni axborotlashtirish hamda Muhandislik kommunikasiyalari fakultetlari mas'ulligida «Ochiq eshiklar kuni» tadbirini o‘tkazdi.
Tadbirning asosiy maqsadi institutda korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar bilan aholi hamda hamkor tashkilotlar vakillarini tanishtirish, mazkur yo‘nalishda kelgusida qilinadigan chora-tadbirlar haqida jamoatchilikni xabardor etishdan iborat.
Tadbirda jurnalist Komiljon Payziyev, Namangan viloyat iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti vakili A'zamjon Tojiboyev, institut komplaens bo‘limi boshlig‘i Ilhomjon Payziyev, Sanoatni axborotlashtirish fakulteti dekani Abdurahim Qahhorov, Muhandislik kommunikasiyalari fakul'teti dekani Fayzullo Nishonov, professor-o‘qituvchilar va talabalarning 30 nafardan ortiq ota-onalari ishtirok etdi.
Ota-onalar vakillari farzandlarining aynan shu oliygohda tahsil olayotganidan mamnun ekanliklarini bildirdi. Ulardan bir guruhiga tashakkurnomalar topshirildi.
NamMQI media markazi