• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI boʻlim boshligʻi Texnologiyalar va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazlarining 3-milliy anjumanida maʼruza qildi

Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazida Texnologiyalar va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazlarining 3-milliy anjumani boʻlib oʻtmoqda.

Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) ning Oʻzbekistonda ushbu markazlarni tashkil etish boʻyicha loyihasining dastlabki natijalariga bagʻishlangan anjuman Adliya hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirliklari va Fanlar akademiyasi hamkorligida tashkil etilib, unda oliy oʻquv yurtlari, ilmiy-tadqiqot institutlari va ularning negizida tashkil etilgan TIQQMlarning 40 dan ortiq vakillari ishtirok etmoqda.

Tadbirda Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash boʻlimi boshligʻi Dilshod Abduvahobov tomonidan “NamMQIda yoshlar va ilm-fan” mavzusida institutda ilm-fan sohasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar va ularda yoshlarni ishtiroki toʻgʻrisida maʼruza qilindi.

  • Share :