• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI Axborot tizimlari va texnologiyalari kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan o‘quv seminari o‘tkazildi

"Axborot titzimlari va texnologiyalari” kafedrasi dotsenti Ismoilov Shohimardon, stajor-o’qtuvchisi Yusufbekov Bekzod hamda kafedra doktoranti Imamnazarov Erkinjon Professional ta'lim muassasalarini metodik va ilmiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2023 yil 3-aprel kuni Namangan tumanida joylashgan 1-sonli kasb-hunar maktabiga tashrif buyurishdi. Kasb –hunar maktabida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib hamda maktab o’qituvchilari bilan suhbat tashkil etildi. "Axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘quvchilarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan ta’lim strategiyalari" mavzusida maktab o’qituvchilari bilan o’quv seminari tashkil etildi. Kasb-hunar maktabi o'qituvchilari bilan tashkil etgan seminarda o'quvchilarni o'quv jarayonini yanada samarali tashkil etish maqsad qilib olindi.

Seminarga umumiy 30 kishi qatnashdi. Bunda hozirgi yosh o’quvchilarga bilim berishning o’ziga xos xususiyatlari va ularni xisobga olgan holda qanday strategiyalarni qo’llash mumkinligi haqida tushunchalar berildi va bu bo’yicha maktab o’qituvchilari o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi hamda fikrlar almashildi.
Seminarda o’quvchilarning ta’lim olish imkoniyatlarini oshirishga yordam beruvchi Plickers va onlinetestpad platformalari haqida ma'lumotlar berildi. 

Plickers haqida qisqacha ta'rif: bu mobil ilova, o'qituvchilarining sinflarda foydalanishi mumkin bo'lgan elektronik savollar va javoblar tizimi. Onlinetestpad esa imtihonlar yaratish va ularga javob berish uchun platforma hisoblanadi.
Seminar davomida ushbu platformalarning ishlash prinsplari amalda ko’rsatib berilib bu platformalarni kasb – hunar maktab o’qituvchilari ham qo’llab ko’rishdi. 

Plickers platformasi yordamida o'qituvchilar sinfda ishlayotgan o‘quvchilarini sinovdan o‘tkazishlariga, har bir oquvchiga alohida savollar yaratishga va savollarga javob bergan o’quvchilarning natijalarini sinfdagi monitor orqali kuzatishga imkon beradi. Onlinetestpad esa o’qituvchilarga o‘quvchilarining bilim darajasini yaxshilash uchun to’plangan ma‘lumotlarga ko‘ra imtihonlar tayyorlash va sinfda o‘quvchilar o‘rtasida tajriba almashishga imkon beradi.
O’tkazilgan seminarning yakunida kelgusida amalga oshirilishi ko’zda tutilgan masalalar o’zaro kelishib olindi.

 

  • Share :