Namangan yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasining mas’ul xodimi Asilbek Murtazayev ishtirok etdi. Tadbirda yoshlar o‘zlarining fikr-mulohazalari, dolzarb muammolari va takliflarini aytishdi.
Yoshlar ta’lim, innovatsiyalar, talabalarning faolligini oshirish va bu borada tizimli ishlarni amalga oshirish borasida o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ushbu sohalarda o‘z takliflarini bildirib o‘tdilar.
Ushbu ochiq muloqot yoshlarning orzu-intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga yondashuvlar va yangiliklar kiritish borasida muhim qadam bo‘lib, o‘z kelajagini o‘zi qurishga intilayotgan yoshlar uchun qimmatli tajriba bo‘ldi.
Uchrashuvda institutdan vakil sifatida birinchi prorektor Odiljon Jakbarov, institut yetakchisi Diyorbek Soataliyev va bir guruh talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram |Facebook |Instagram