Namangan muhandislik-qurilish institutida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi
Namangan muhandislik-qurilish institutida “Texnik oliy oʻquv yurtlarida tillarni oʻqitishda innovatsion va kommunikativ yondashuvlar: muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi
Konferensiyani institut rektori Sharifjon Ergashev va Turkiyaning Kotib Chalabiy universiteti rektori Saffet Koʻse tabrik soʻzlari bilan ochib berdi.
Anjuman davomida Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston universiteti dotsenti N.Yesimxanova, Tesol Uzbekistan kompaniyasi vakili D. Gayrichovski, Oʻsh davlat universiteti professori R. Anvariy, Termiz davlat universiteti dotsenti D. Alauddinova, Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Namangan filiali dotsenti A.Umarov va boshqalarning mavzu yuzasidan maʼruzalari tinglandi.
Tushlikdan soʻng konferensiya ishi shoʻbalarda davom ettirildi.
NamMQI media markazi