Namangan muhandislik-qurilish instituti va Rejo-Kalabriya Oʻrtayer dengizi universiteti bilan anglashuv memoranudumi imzolandi
Toshkentda boʻlib oʻtayotgan birinchi Oʻzbekiston-Italiya taʼlim forumi doirasida Namangan muhandislik-qurilish instituti va Rejo-Kalabriya Oʻrtayer dengizi universiteti bilan anglashuv memoranudumi imzolandi.
Ushbu hujjat oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida iqtisodiyot, mashinasozlik, muhandislik kommunikatsiyalari, qurilish, transport va energetika yoʻnalishlarida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalarini oʻz ichiga oladi.
Memmorandumni Namangan muhandislik-qurilish instituti rektori Sharifjon Ergashev va Rejo-Kalabriya Oʻrtayer dengizi universiteti rektori professor Juzeppe Zimbalatti imzoladi.