• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Muhim va kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalar muhokamasi

Namangan muhandislik-qurilish institutining navbatdagi ilmiy kengashi bo‘lib o‘tdi. Uni institut rektori Sharifjon Ergashev ochdi va olib bordi.

Ilmiy kengashda fakultet dekanlarining ta'lim sifati va talabalarning bilim saviyasi yuzasidan hisobotlari tinglandi. Ushbu omillar bo‘yicha past ko‘rsatkich qayd etgan dekanlarga haqli e'tirozlar bildirildi. Mazkur masalani fakul'tetlar kengashlarida, kafedra mudirlari ishtirokida batafsil muhokama qilish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Shuningdek, birinchi prorektor Odiljon Jakbarov boshchiligidagi bir guruh mutaxassislarga institut IT-strategiyasini ishlab chiqish va kelgusi ilmiy kengashga taqdim etish vazifasi yuklatildi.

Kengash davomida vakant lavozimlarga nomzodlar taklif etish, qo‘llanma va monografiyalarni nashrga tavsiya etish kabi masalalar ham ko‘rib chiqildi.

NamMQI media markazi

  • Share :