”Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining viloyat bosqichi boshlandi
Davlatbod tumanidagi “Yangi O‘zbekiston – yoshlar ziyo maskani” kutubxonasida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining viloyat bosqichi boshlandi.
Unda Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligi viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i Ilhomjon Sattorov, viloyatdagi oliy ta'lim muassasalarining rektor va prorektorlari ishtirok etib, yosh tadqiqotchilarga omad tiladi.
Dastlab tanlovning tuman-shahar saralash bosqichlarida ishtirok etib, viloyat bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan 60 nafar yigit-qizga eng kam oylik ish haqining 5 barobari miqdoridagi mukofot pullari topshirildi. Shundan so‘ng viloyat bosqichiga start berildi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur tanlovning viloyat bosqichida Namangan muhandislik-qurilish institutining 11 nafar iqtidorli talabasi ishtirok etmoqda. Talabalarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz!
NamMQI media markazi