Minskda Oʼzbekiston va Belarus oliy taʼlim muassasalari rektorlari anjumanining ochilish marosimi boʼlib oʼtdi
Аvval xabar berganimizdek, Minsk shahridagi Belarusь milliy texnika universitetida Oʼzbekiston va Belarus oliy taʼlim muassasalari rektorlarining anjumani boʼlib oʼtmoqda.
Bugun ushbu forumning ochilish marosimi boʼlib oʼtdi. Uning ishida Namangan muhandislik-qurilish instituti rektori Sharifjon Ergashev va institut xalqaro aloqalar boʼlimi boshligʼi Islomjon Ergashev ham ishtirok etmoqda.
Аnjuman yakunlari boʼyicha ikki mamlakat OTMlari rektorlari kengashlari oʼrtasida 2023-2025-oʼquv yillariga moʼljallangan «yoʼl xaritasi» hamda OTMlar oʼrtasida 20 ga yaqin hamkorlik bitimlari imzolanishi rejalashtirilgan.