• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

“Milliy tiklanish” partiyasi viloyat kengashi vakillari ishtirokida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

Tadbirni institut rektorining axborot siyosati masalalari  bo‘yicha maslahatchisi Azizbek Abduvaliev ochdi va olib bordi. 

“Milliy tiklanish” partiyasi viloyat kengashi raisi Dilnoza Azizova, NamDU dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi Mo‘tabar Maqsudova, institut xotin-qizlar kengashi raisi Sohiba Otamirzaeva konstitutsiyaviy islohotlar, bo‘lajak referendum va oilaviy zo‘ravonlikni oldini olish borasida qabul qilinayotgan qonunlar haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi. 

Talaba qizlarning bu boradagi savollari va takliflariga batafsil javoblar berildi. 

Tadbir yakunida muhokamada faol ishtirok etgan yoshlarga partiya ramzi tushirilgan esdalik sovg‘alari topshirildi. 

 

NamMQI media markazi

  • Share :