• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

“Karyera kuni” tadbirlarida 65 dan ortiq korxona va tashkilot boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etdi

Institutda boʻlib oʻtgan “Karyera kuni” mehnat yarmarkasida 65 dan ziyod yirik ish beruvchi korxona va tashkilotlar boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda koʻrgazmalar bilan ishtirok etdi.

Tadbirda institut tasarrufidagi Namangan sanoat va Uchqoʻrgʻon sanoat texnologiyalari texnikumlarining bitiruvchi talabalari ham qatnashdi.

Tadbirda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali, viloyat iqtisodiyot va moliya boshqarmasi, viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, “UzChasys”, “Mexmash”, “Hududgaz Namangan” gaz taʼminoti filiali, “Qamchiqavtoyoʻl” kabi korxona va tashkilotlar tomonidan bitiruvchi yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar va boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi taqdimotlar oʻtkazildi.

“Karyera kuni” mehnat yarmarkasida  141 nafar talaba bilan kelgusida bandligini taʼminlash boʻyicha oʻzaro kelishuvlarga erishildi.

  • Share :