Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti dekani talabalar bilan muloqotda boʻldi
Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti dekani etib tayinlangan iqtisod fanlari doktori, professor Bahriddin Mahmudov auditoriyalarga kirib, talaba-yoshlar bilan muloqotda boʻldi.
Muloqot davomida dekan oʻzini tanishtirib, yoshlar bilan uzviy aloqada ekanligini bildirdi va telefon raqamlarini qoldirdi.
Yoshlarning dars jarayonlari va turar-joy bilan bogʻliq masalalarini tinglab, bildirilgan taklif va murojaatlar albatta koʻrib chiqilishini taʼkidladi.
NamMQI media markazi