Iqtisodiyot kafedrasi katta oʻqituvchisi Abdurahmon Kamolov xonadoni yoʻqlandi
Namangan muhandislik-qurilish instituti rektori boshchiligidagi mutasaddilar 11-noyabr — Kasaba uyushmalari kuni arafasida institutda koʻp yilar mehnat qilgan faxriylar xolidan xabar olish uchun ularning xonadonlariga yoʻl oldi.
Keyingi manzil Iqtisodiyot kafedrasi katta oʻqituvchisi boʻlib ishlagan Abdurahmon Kamolovning Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi xonadoni boʻldi.
Dasturxon atrofidagi samimiy suhbat davomida institutdagi bugungi jarayonlar, roʻy berayotgan oʻzgarish va yangiliklar haqida soʻz bordi.
Rektor Abdurahmon Kamolovga institutdagi faoliyatini yana yoʻlga qoʻyish, tadbirlarda faol ishtirok etishga chaqirdi.