Institutda Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi
Tadbirga institutda koʻp yillar ishlab, bugungi kunda qarilik gashtini surayotgan faxriylar, hozirda ham faoliyatini davom ettirib kelayotgan ustozlar taklif etildi.
Ular institut mutasaddilari tomonidan ehtirom bilan kutib olindi va dasturxon atrofiga oʻtqazildi.
Institut birinchi prorektori Odiljon Jakbarov faxriylarni qutlab, ularga jamoa nomidan samarali mehnatlari va yoshlarga koʻrsatgan ibratlari uchun minnatdorlik bildirdi.
Faxriylar uchun kuy-qoʻshiqlar yangradi, palov tortildi. Yakunda duo qilinib, oʻtgan ustozlar xotirasi yodga olindi.