Institutda “Halollik vaksinasi – taraqqiyot garovi” mavzusidagi davra suhbati o'tkazildi
Davra suhbatida institut rektori, prorektorlar, rektor maslahatchilari, psixologlar, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi.
Tadbir avvalida mavzu boʻyicha rolik namoyish etildi. Talabalar bilan ushbu rolik va halollik haqidagi tushunchalari yuzasidan muloqot oʻtkazildi.
Institut rektori oliy oʻquv yurtida korrupsiyaga toqatsizlik muhiti shakllangani va bu borada olib borilayotgan targʻibot-tashviqot ishlarini yanada kuchaytirish zarurligi haqida gapirdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi Ilhomjon Payziyev yoshlarni “halollik vaksinasi” bilan emlash ustuvor vazifa ekanligi, bu kabi tadbirlar esa oʻziga xos eslatma ekanligini taʼkidlab oʻtdi.
Davra suhbati yakunida talabalarning mavzu yuzasidan savollariga batafsil javoblar berildi.