Institut talabalari o‘rtasida sport sinovlari o’tkazilmoqda
Davlat rahbarining “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha sport sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi qaroriga asosan joriy yil 22-apreldan 22-mayga qadar 2-bosqichda oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida jismoniy tayyorgarlik sinovlari o‘tkaziladi.
Bugun Namangan muhandislik-qurilish institutida talabalardan sport sinovlari qabul qilindi.
Talabalar yugurib kelib uzunlikka sakrash, basketbol to‘pini 3 metr mafofadan tashlash, yerga tayangan xolda qo‘llarni bukib yozish, gimnastika o‘rindig‘iga tayangan holda qo‘llarni bukib yozish, turgan joyidan uzunlikka sakrash, 100 metrga yugurish, arg‘amchida sakrash, gimnastika o‘rindig‘idan o‘yoq tizzalarini bukmay oldinga egilish bahslarida bellashmoqda.