• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Institut jamoasi Yangiqoʻrgʻonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi xonadonini yoʻqladi

Rektor Sharifjon Ergashev boshchiligidagi institut jamoasi Yangiqoʻrgʻon tumanidagi Poromon qishlogʻida boʻlib, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Muhammadibrohim ota Inomov xonadonini yoʻqladi.

Hozirda 103 yoshni qoralagan Muhammadibrohim ota 1941-yili, 19 yoshida oʻzbek otliq askarlari diviziyasi safiga qoʻshilgan.  Stalingrad, Qrim, Ukraina, Polsha shaharlarini ozod qilishdagi janglarda qatnashgan.

1947-yilda qishloqqa qaytib, maktabda oʻqituvchi sifatida faoliyatini boshlagan va 1985-yilga qadar yosh avlodga bilim bergan.

Ota institut vakillariga urush yillari xotiralarini soʻzlab berdi, bugungi tinch-osuda hayot uchun shukronalar keltirdi, duoga qoʻl ochdi.

Institut jamoasi otaning xonadonida tashkil etilgan uy-muzey va bu yerga qoʻyilgan eksponatlar bilan ham tanishdi.

NamMQI media markazi

  • Share :