Institut ilmiy kengashining navbatdagi yigʻilishi erishilgan yutuqlar eʼtirofidan boshlandi
Kengash aʼzolari Uchqoʻrgʻon sanoat-texnologiya texnikumi informatika fani oʻqituvchisi Zulxumor Imomovani “Professional taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganini qutladi.
Institutda bunday nishon va orden-medallar sohiblari safi yanada kengayishiga tilak bildirildi.
Shuningdek, ilmiy unvon olgan ustozlar va tanlovlarda gʻolib boʻlgan talabalar ham eʼtirof etildi.
NamMQI media markazi