• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Institut axborot-resurs markazi energetikaga oid yangi adabiyotlar bilan boyidi

Institut axborot-resurs markazi yangi adabiyotlar bilan boyidi. Bunga Energetika va mehnat muhofazasi fakultetining  Energetika muhandisligi kafedrasi jamoasi munosib hissa qoʻshdi.

Kafedra professor-oʻqituvchilari Farhodjon Sharipov, Dilniza Zokirova, Mahliyo Toʻychiyeva, Hasanboy Ismoilov, iqtidorli talabalar Imomiddin Rahmonov va Mashhura Valixonova muallifligida nashr etilgan oʻquv qoʻllanma va monografiyalar institut kutubxonalariga taqdim etildi.

Endi “Zamonaviy elektr energiya”, “Oʻta kuchlanish va izolyatsiya”, “Elektr mashinalari”, “Elektrotexnika fanlarini oʻqitishda kompyuter texnologiyalarini qoʻllash metodikasi”, “Shamol elektr stansiyasini loyihalashda innovatsion yondoshuv” kabi qoʻllanma va monografiyalardan professor-oʻqituvchilar, doktorantlar va talabalar foydalanishlari mumkin.

NamMQI media markazi

  • Share :