• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Ilmiy-texnik axborot markazi tomonidan elektron platformalar ishlab chiqildi

Innovasion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi tomonidan "O‘zbekistonda mavjud ilmiy-texnik va tadqiqot laboratoriyalarning yagona elektron bazasi", "Milliy ilmiy portal" va "Ilmiy-texnik axborot tizimi" kabi elektron platformalar ishlab chiqilgan.

Xususan, ilmiy-texnik va tadqiqot laboratoriyalarning yagona elektron bazasi (slab.gov.uz) ko‘p funksiyali elektron platforma bo‘lib, ushbu platforma dolzarb ilmiy yangiliklar, statistik manbalar, barcha ilmiy-tadqiqot institutlari va tashkilotlar, olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, laboratoriya ishlanmalari, qurilma va uskunalari to‘g‘risidagi ma'lumotlar bazasidan ham erkin foydalanish imkoniyatini beradi.

Ilmiy-texnik axborot markazi xodimlari Abdumalik Sur'atov va Mahmud Salohiddinov Namangan muhandislik-qurilish institutida bo‘lib, mavjud laboratoriyalar va ulardagi ish faoliyati bilan tanishdi. Tanishuv davomida institut mutasaddilari bilan muloqotda bo‘lib, markaz tomonidan ishga tushirilgan elektron platformalar haqida batafsil ma'lumot berildi.

  • Share :