Hindistonda bo‘lib turgan NamMQI delegasiyasi SRM universitetida taqdimot o‘tkazdi
Tadbirda mazkur universitet vise-prezidenti Paramjit Jasval, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Samuel Raj, Xalqaro munosabatlar boshqarmasi direktori Monoj Madvan Katti va Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Rajendr Kumar Sharma ishtirok etdi.
Taqdimot davomida Namangan muhandislik-qurilish institutining bugungi kundagi faoliyati va mavjud salohiyat haqida batafsil hikoya qilindi.
Shuningdek, uchrashuvda universitet bilan kelgusi yillarda amalga oshirish reja qilingan istiqbolli rejalar muhokama qilindi.