• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Fizika kafedrasi dotsenti Munira O'ktamova University of Business and Science talabalariga trening o'tdi

Fizika kafedrasi dotsenti Munira O'ktamova tomonidan  University of Business and Science oliy ta'lim muassasasi davolash ishi yo'nalishi talabalari uchun Tibbiy biologik fizika fani bo'yicha "Gemodinamika. Yurak faoliyatining fizikaviy asoslari" mavzusida  trening mashg'uloti tashkil etildi.

Mashg'ulot davomida organizm to‘qimalari va suyuqliklarining mexanik, bioelektrik va optik xossalarini o‘rganish, ularning fiziologik holati va anatomik tuzilishida tarkib va funksiya birligi tushuntirildi.

Talabalar tashqi muhitning fizikaviy davolovchi va salbiy ta’sirlarining asosiy fizikaviy mexanizmlari to‘g‘risida tasavvurlarga ega bo‘ldi.

Suhbat davomida tibbiyot yo'nalishi talabalariga Namangan muhandislik-qurilish instituti Fizika kafedrasi hamda kimyo kafedralarida tashkil etilgan laboratoriya jihozlarining imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumot berildi.

  • Share :