E'lon!
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi, Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi DSc.15/27.02.2020.T.73.02 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy Kengashda Namangan muhandislik-qurilish instituti Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji kafedrasi katta o‘qituvchisi KURBONOV KOZIM MUXAMMADRASHITOVICHning 05.09.07 – Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi va 05.09.03 – Issiqlik ta'minoti. Ventilyatsiya, konditsionerlash. Gaz ta'minoti va yoritish ixtisosliklarida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Issiqlik ta'minoti quvurlarining resurs tejamkor parametrlarini hisoblash usulini takomillashtirish» mavzusidagi dissertatsiyasi himoyasi o'tkaziladi.
Dissertatsiya himoyasi 2024-yil 15-avgust soat 11:00 da Toshkent davlat transport universiteti o‘quv binosi, kichik majlislar xonasida o‘tkaziladi.