Namangan muhandislik-qurilish instituti oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga 2023 yil uchun doktorantura, tayanch doktorantura, mustaqil izlanuvchilik hamda stajer-taqiqotchilik uchun qabul e’lon qiladi
Namangan muhandislik-qurilish instituti oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga 2023 yil uchun doktorantura, tayanch doktorantura, mustaqil izlanuvchilik hamda stajer-taqiqotchilik uchun qabul e’lon qiladi:
№ | Ixtisoslik | DSc | PhD | Stajer tad q i q ot - chilik | Ma q sadli PhD | |
Shifri | Nomi | |||||
1. | 05.02.02 | Mexanizmlar va mashinalar nazariyasi. Mashinashunoslik va mashina detallari | 1 | 5 | 1 |
|
2. | 05.07.01 | Qishloq xo‘jaligi va meliorasiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va meliorasiya ishlarini mexanizasiyalash | 1 | 6 | 1 |
|
3. | 05.07.02 | Qishloq xo‘jaligi va meliorasiya texnikalarini ishlatish, tiklash va ta’mirlash |
| 3 |
|
|
4. | 05.02.03 | Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnik tizimlar |
| 5 |
| 1* |
5. | 05.02.04 | Standartlashtirish va mahsulot sifatini boshqarish |
| 4 | 1 |
|
6. | 01.02.04 | Deformasiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi |
| 3 |
|
|
7. | 05. 09 .01 | Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar |
| 5 | 1 | 1** |
8. | 01.04.10 | Yarimo‘tkazgichlar fizikasi |
| 1 |
| 1*** |
9. | 02.00.13 | Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi |
| 1 | 1 |
|
10. | 08.00. 15 | Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti |
| 6 | 1 |
|
11. | 01.01.02 | Differensial tenglamalar va matematik fizika |
| 1 |
|
|
12. | 13.00.02 | Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi |
| 4 | 1 |
|
13. | 13.00.05 | Kasb ta’limi nazariyasi va metodikasi |
| 2 | 1 |
|
14. | 05.01.03 | Informatikaning nazariy asoslari |
| 1 | 1 |
|
15. | 05.01.07 | Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui. |
| 1 | 1 |
|
* Namangan muhandislik-texnologiya instituti
** Farg‘ona politexnika instituti
* *Namangan davlat universiteti
Tayanch doktorantura, mustaqil izlanuvchilik hamda stajer-tadqiqotchilikka kirishni hohlovchilar Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22-maydagi 304-sonli qarori ilovasida ko‘rsatilgan Nizom talablariga javob berishi va qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni elektron tarzda taqdim etishlari kerak:
-rektor nomiga ariza;
-qisqacha biografik ma’lumotnoma;
-mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
-oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
-nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari;
-O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasi.
-etakchi olimlardan birining uni ilmiy rahbar sifatida belgilash yuzasidan yozma roziligi;
-pasport nusxasi;
-ish joyidan tavsifnoma (Mustaqil izlan u vchi lar uchun )
Doktorantura hamda mustaqil izlanuvchilikka (DSc) kirishni hohlovchilar Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22-maydagi 304-sonli qarori ilovasida ko‘rsatilgan Nizom talablariga javob berishi va qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni elektron tarzda taqdim etishlari kerak:
-rektor nomiga ariza;
-qisqacha biografik ma’lumotnoma;
-mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
-oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
-tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayorlagan doktorlik dissertasiyasi rejasining mufassal loyihasi;
-nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari;
-pasport nusxasi;
-ish joyidan tavsifnoma (Mustaqil izlan u vchi lar uchun )
Hujjatlar 2022 yil 15 sentyabrdan 15 oktyabrgacha phd.mininnovation.uz sayti orqali onlayn qabul qilinadi.
Doktorantura, tayanch doktorantura, mustaqil izlanuvchilik hamda stajer-tadqiqotchilik uchun kirish imtihonlari 2022 yil 1 - 25 noyabr kunlari o‘tkaziladi.
Tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikda o‘qish uchun talabgorlar mutaxassislik va chet tili (ta’limning oldingi darajalarida o‘rganilgan xorijiy til) bo‘yicha kirish imtihonlarini topshiradilar.
Doktoranturada va stajer-tadqiqotchilikka o‘qish uchun kirayotgan talabgorlar Kollegial organ tomonidan ixtisoslik bo‘yicha suhbatdan o‘tadilar.
Murojaat uchun manzil: Namangan shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 12-uy, Tel. 69-234-14-85, +998934004424 (Irisqulov Farhod).
Ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi.