«El-yurt umidi» jamg‘armasi stipendiya tanlovini targ‘ib etishga qaratilgan seminar bo‘lib o‘tdi
Prezident huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali tomonidan «El-yurt umidi» jamg‘armasi Vasiylik Kengashining ochiq stipendiya tanlovini keng targ‘ib qilishga qaratilgan onlayn amaliy seminar o‘tkazildi.
Seminarda Ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektor Muhammadjon Dadamirzayev, doktorantlar, stajyor-tadqiqotchilar va iqtidorli talabalar ishtirok etdi.
Tadbir davomida jamg‘arma stipendiyalariga ega bo‘lish tartibi, tanlovda ishtirok etish uchun talab etiladigan hujjatlar haqida batafsil ma'lumot berildi.
NamMQI media markazi