Dunyodagi mo‘'tabar shaxs – o‘qituvchi maqomini alohida mustahkamlash
“Yangilangan Konstitusiyamizda dunyodagi mo‘'tabar shaxs – o‘qituvchi maqomini alohida mustahkamlash, bu kasbni jamiyatdagi eng obro‘li ishga aylantirish mening necha yillik orzuim, kerak bo‘lsa, armonim edi.
Chunki o‘zim ham ko‘p yillar shu sohada ishlaganman. O‘qituvchi mehnati qanchalik og‘ir va mashaqqatli ekanini yaxshi bilaman.
Afsuski, ana shunday sharafli va olijanob kasb egalariga biz yaqin o‘tmishda yetarlicha hurmat va e'tibor qarata olmadik.
Sir emas, qaysi sohaga qo‘shimcha ishchi kuchi kerak bo‘lsa, birinchi navbatda o‘qituvchi-pedagoglar jalb etiladigan bo‘lib qolgan edi.
Biz mamlakatimizda yangi islohotlarni boshlagan birinchi kunlardan e'tiboran ana shu og‘riqli masalani hal etishga – o‘qituvchilarni, bolalar va ayollarni majburiy mehnatdan xalos qilishga kirishdik.
Qat'iy iroda va intilish bilan bu noxush holatlar bugun tarixga aylandi.
Mana, bu yil “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonunni qabul qildik. Konstitusiyamizda belgilangan qoida endi ana shu qonun asosida ishlay boshlaydi.
Kimki o‘qituvchiga bosim o‘tkazib, uning kasb faoliyatiga daxli bo‘lmagan ishlarga, turli majlislarga jalb etmoqchi bo‘lsa, ana shu qonun asosida javobgarlikka tortiladi”,
- dedi Prezidentimiz.