• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

«C1 darajani qanday olish mumkin?»

    Hozirda chet tili o‘qituvchilar uchun o‘ziga xos muammolardan biri C1 daraja sertifikatini olish hisoblanadi. Bu borada Namangan muhandislik-qurilish instituti Chet tillar kafedrasida muayyan tajriba to‘plangan. Bu yerda faoliyat yuritayotgan professor- o‘qituvchilarning 70 foizi shunday sertifikatga ega.Kuni-kecha Chet tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi Polina Botirova tomonidan kafedra professor-o‘qituvchilari uchun «C1 darajani qanday olish mumkin?» mavzusidagi seminar-trening tashkil etildi. Seminarda C1 daraja sertifikatiga ega professor- o‘qituvchilar o‘z tajribalari, bilim va ko‘nikmalari bilan o‘rtoqlashdi. Mazkur tadbir muhokama va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.

  • Share :