• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

“Biz befarq emasmiz!”

Davlatobod tumanidagi “Yangi O‘zbekiston - yoshlar ziyo maskani” axborot-kutubxona markazida Namangan muhandislik-qurilish institutining Konstitusiyaviy islohotlar va bo‘lajak referendumga bag‘ishlangan “Biz befarq emasmiz!” nomli targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni institut yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Odiljon Jakbarov ochib berdi. U yangilanayotgan Asosiy Qonun aholining barcha qatlamlari, xususan, ziyolilarga bevosita taalluqli jihatlarni qamrab olayotganini ta'kidladi.

Institut rektor maslahatchisi Azizbek Abduvaliev, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi mas'ul xodimi Marjona Ahrolova yangilanayotgan Konstitusiyada so‘z erkinligi va yoshlar huquqlariga berilayotgan alohida e'tiborga to‘xtalib o‘tishdi.

Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibalari Shohsanam Ermanbetova va Nigora Abdulazizovaning she'riy chiqishlari, xonandalar Nurzida Isayeva va Olima Tojiboyevaning jozibali qo‘shiqlari davraga fayz kiritdi.

NamMQI media markazi

  • Share :