Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi sohibi xonadoni yoʻqlandi
Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi sohibi xonadoni yoʻqlandi
Energetika va mehnat muhofazasi fakulteti 4-bosqich talabasi, Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi sohibi Imomiddin Rahmonovning Chust tumani, Shoyon qishlogʻidagi xonadoni yoʻqlandi.
Fakultet dekani Rustamjon Soliyev Imomiddinning ota-onasi bilan uchrashib, ularga tashakkurnoma va esdalik sovgʻalarini topshirdi.
Fakultet dekani talabaga yutuqlari bardavom boʻlishini tilab, kelgusidagi muhim tanlov va bellashuvlarda omad tiladi. Shunday farzandni oʻstirib, voyaga yetkazgani uchun ota-onasiga chuqur minnatdorlik bildirdi.