"Axborot tizimlari va texnologiyalari" kafedrasi professor-o'qituvchilari Chust va Pop tumanidagi maktablarga tashrif buyurishdi
Bugun 2024 yil 21 noyabr kuni Namangan muhandislik qurilish institutining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №PF-158-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida fakultetiga biriktirilgan “Pop tuman 1-son kasb-hunar maktabi” va “Chust tuman 2-son kasb-hunar maktab”lariga "Axborot tizimlari va texnologiyalari" kafedrasi mudiri S.Komilov, "Axborot tizimlari va texnologiyalari" kafedrasi professor-o'qituvchilari E.Imamnazarov, A.Olimov, A.Anvarov va N. Abdullayevalar tashrif buyurib hamkorlik aloqalarini hamda kelgusida ochiq darslarni tashkil qilish, darslik va o'quv qo'llanmalarni hammualliflikda yaratish masalalari yuzasidan yo'l xaritasi ishlab chiqildi.