AOKA reytingida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 1-o‘rinda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarlarining reytingi e’lon qilindi.
2023-yil yakunlari bo‘yicha Agentlik tomonidan respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining 131 nafar matbuot kotibi faoliyati baholandi (https://t.me/aoka_uz/10587).
Baholash natijasiga ko‘ra, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati rahbarining faoliyati vazirliklar orasida 1-o‘rinni egalladi.