Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligiga bagʻishlangan “Navoiyni yod etib” nomli sahna asarlari koʻrik-tanlovi oʻtkaziladi
Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligiga bagʻishlangan “Navoiyni yod etib” nomli sahna asarlari koʻrik-tanlovi oʻtkaziladi
Ushbu tanlov joriy yil 24-yanvardan 5-fevralgacha fakultetlarda, 2025-yil 6-fevral kuni soat 14:00 da esa institut bosqichi boʻlib oʻtadi.
Tanlov doirasida talabalar, tyutorlar va professor-oʻqituvchilardan iborat jamoalar buyuk shoir hayoti va ijod namunalaridan iborat sahna asarlarini hakamlar hayʼatiga havola qiladi.
Tanlovda gʻolib va sovrindor boʻlgan jamoalar tegishli ravishda 1 500 000, 1 200 000 va 1000 000 soʻm miqdoridagi pul mukofotlari bilan ragʻbatlantiriladi.
Shuningdek, ishtirokchi jamoalarga institut kasaba uyushma qoʻmitasining esdalik sovgʻalari topshirilishi koʻzda tutilgan.
Koʻrik-tanlovga marhamat!