25-oktabr – Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni
Ichki ishlar idoralarining barcha xodimlarini, jumladan, ushbu tizimda ishlab, bugungi kunda faoliyatini institutimizda davom ettirayotgan faxriylarni samimiy muborakbod etamiz.
Ichki ishlar idoralari huquqni muhofaza qiluvchi organ sifatida qonun ustuvorligini taʼminlashda muhim vazifalarni bajarib kelmoqda. Ushbu tizimning islohotlar barqarorligini taʼminlashdagi fidokorona va mashaqqatli xizmatlari yuksak eʼtirofga loyiq.
Yurtimizda aholi tinchligi va osoyishtaligini taʼminlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquq-tartibotni mustahkamlashdek sharafli xizmatlaringizda ulkan zafarlar yor boʻlsin!
Kasb bayramingiz muborak boʻlsin!