2024 yilda qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi
"2024 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida"gi Prezident Farmoni (PF–213-son, 22.12.2023 y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2024 yilda quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi:
barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat'i nazar):
▫️22 mart – juma;
▫️11 aprel – payshanba;
▫️18 iyun – seshanba;
▫️3 sentyabr – seshanba;
▫️31 dekabr – seshanba.
6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun:
▫️2 yanvar – seshanba;
▫️23 mart – shanba;
▫️12 aprel – juma;
▫️31 avgust – shanba;
▫️30 dekabr – dushanba.
5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda ko‘chiriladi:
▫️6 yanvar – shanba kunidan 2 yanvar – seshanba kuniga;
▫️13 aprel – shanba kunidan 12 aprel – juma kuniga;
▫️14 dekabr – shanba kunidan 30 dekabr – dushanba kuniga.