• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Rahmatali Rustamov institut Sirtqi boʻlimi boshligʻi etib tayinlandi

Rahmatali Rustamov 1962-yili Pop tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, 1989-yili Toshkent politexnika institutini tamomlagan. Texnika fanlari doktori, professor.

Institutdagi mehnat faoliyatini 1991-yili oʻquv ustaligidan boshlagan. Shundan soʻng institutning turli fakultet va kafedralarida assistent, katta oʻqituvchi, dotsent, kafedra mudiri va dekan vazifalarida ishlagan.

2010-2013-yillarda Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodim-izlanuvchisi va direktor oʻrinbosari boʻlgan.

Tayinlovga qadar Namangan muhandislik-qurilish instituti Mashinasozlik fakulteti dekani lavozimida faoliyat koʻrsatib kelayotgandi.

Rahmatali Rustamov institut rektorining joriy yil 1-noyabrdagi buyrugʻi bilan Sirtqi boʻlim boshligʻi etib tayinlandi.

  • Share :