• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Namanganda an'anaviy xalqaro asal festivali boshlandi

Namangan shahridagi “Afsonalar vodiysi” bog‘ida an'anaviy xalqaro asal festivali boshlandi. Festivalning ochilish marosimida viloyat hokimligi, Turizm qo‘mitasi, Germaniyaning GIZ tashkiloti vakillari so‘z olib, tadbir ishtirokchilari va mehmonlarini qutladi.

Uchinchi bor o‘tkazilayotgan festivalda 200 dan ziyod asalarichilar o‘z mahsulotlarini taqdim etmoqda. Ular orasida O‘zbekistonning turli shahar va viloyatlari, shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya vakillari ham bor.  

Ushbu festivalda Namangan muhandislik-qurilish instituti professor-o‘qituvchilari va talabalari ham faol ishtirok etmoqda.

Uch kun davom etadigan festival' doirasida asalarichilikka bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya, sport tadbirlari, konsertlar, mahorat darslari va turli tanlovlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

  • Share :