Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti talaba-yoshlari oʻrtasida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi
Muloqotda institut rektori maslahatchisi Abdurahmon Shokirov, yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi Dadajon Dadaboyev, profilaktika inspektori Sirojiddin Shergʻoziyev va fakultet mutasaddilari ishtirok etdi.
Davra suhbatini tashkil etishdan asosiy maqsad talaba-yoshlar oʻrtasida radikalizm va ekstremizmning tarqalishi hamda ularning salbiy oqibatlari oldini olishga qaratilganligi bildirildi. Yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida tizimli ishlar olib borilayotganligi, bevosita Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetida ham talabalar uchun bunday imkoniyatlar yaratilgani taʼkidlandi.
Shundan soʻng mavzuga oid ogohlikka chorlovchi videorolik talabalarga namoyish etildi va ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.
NamMQI media markazi