• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti iqtidorli talabalari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Uchrashuvda fakultet dekan oʻrinbosari Oybek Ahmedov, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi boshligʻi Diyorbek Akbaraliyev, fakultet masʼullari, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida talabalar Prezident va nomli davlat stipendiyalari, ilmiy-innovatsion hamda start-up loyihalar tanlovlarida ishtirok etish va natijadorlikni oshirish yuzasidan maʼlumotlarga ega boʻldi.

Xususan, "Mirzo Ulug'bek vorislari" tanlovi hamda "Bo'lajak olim" tanlovi doirasidagi "Istiqbolli loyihalar" dasturlari bo'yicha targ'ibot ishlari amalga oshirildi.

Tadbir yakunida fakultetning bir qator tanlovlarda faxrli natija qayd etgan iqtidorli talabalari taqdirlandi.

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi tomonidan fakultetlar kesimida shu kabi uchrashuvlar tashkil etilishi reja qilingan.

  • Share :