• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Institut ilmiy kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Yigʻilishni institut rektori Sharifjon Ergashev ochdi va olib bordi.

Kengash aʼzolari eʼtiboriga talaba yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikni oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, institut huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar faoliyati, institutning 2024-yildagi moliyaviy-xoʻjalik faoliyatida byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlardan samarali foydalanish, professor-oʻqituvchilarning malaka oshirish rejalarining bajarilishi, kafedralar boʻyicha vakant lavozimlarga tanlovlar va ixtisosliklar boʻyicha ilmiy unvonlarga tavsiya etish haqidagi masalalar havola etildi.

Yigʻilishda ushbu masalalar va mavzu yuzasidan maʼruzalar tinglandi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.

  • Share :