• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Yangi tizim respublika bo‘yicha eng bilimli yoshlarni saralash imkonini beradi

Joriy yilning 6-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, davlat buyurtmasini shakllantirish tizimini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda quyidagi islohotlarni joriy qilish taklif etildi:

Davlat buyurtmasi (grant kvotalar)ni shakllantirish bo‘yicha:
➖ davlat buyurtmasi parametrlarini amaldagi oliygohlar kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari kesimida tasdiqlash tartibi joriy etiladi;
➖ ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarga davlat buyurtmasi qisqartirilib, ushbu kvotalarni ustuvor ravishda muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlar bilim sohalari orasida taqsimlanadi;
➖ 2025-yildan boshlab davlat buyurtmasi parametrlari oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash va ularga bo‘lgan talab prognoziga muvofiq 4 yillik davr uchun tasdiqlanadi (amalda 1 yil);
➖ oliygohlar moddiy-texnika bazasi, professor-o‘qituvchilari tarkibidan kelib chiqib, keyingi o‘quv yili uchun umumiy qabul parametrlarini (grant va kontraktga ajratmagan holda) bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha shakllantiradi;
➖ davlat buyurtmasi asosida grant o‘rinlari har bir yo‘nalish uchun respublika bo‘yicha to‘plangan ballar ketma-ketligiga ko‘ra abituriyentlarning tanloviga muvofiq amalga oshiriladi.

  • Share :