• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Yangi o'quv yili

4-sentyabrdan ko‘pchilik yoshlarimiz hayotlaridagi yana bir katta yo‘lga otlanadilar. Bu ularning kelajakda qanday kasb egasi va mutaxassis bo‘lishlari, puxta bilim hamda hayotiy saboq egallashlarida muhim o‘rin tutadi.

Aziz o‘quvchilar!

Sizlarni mana shu muhim kun – 2024/2025 o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan chin dildan tabriklayman.

Ishonamanki, bor imkoniyatingizni ishga solib bo‘lsa-da malakali ustozlardan zamonaviy ta’lim olib, kasb-hunar o‘rganib, ularni Vatanimizga munosib farzand bo‘lishdek maqsadlar yo‘lida sarflaysiz. Bugungi kunda mamlakatimizda buning uchun beqiyos imkoniyatlar yaratilgan.

Qadrli yoshlar!

Zamon shiddat bilan rivojlanib bormoqda va ulkan marralarni zabt etishda kasb-hunar egallashning o‘rni beqiyos. Bunda biz fidoyi va o‘z ishining ustasi bo‘lgan ustozlarimizga suyanamiz.

Ta’til vaqtida pedagog-kadrlar uchun o‘quv-seminarlar tashkil etdik. Kasbiy rivojlanish darslarida sohadagi so‘nggi yangilik va zamonaviy bilimlarni bo‘lishishlariga zamin hozirladik. Zero, malakali o‘qituvchi sifatli ta’lim demakdir.

Qadrli ustozlar, aziz o‘quvchilar!

Yangi o‘quv yilida sizga omad va zafar yor bo‘lishini tilayman.

Yurt koriga yaraydigan mutaxassis bo‘lib yetishishingizga tilakdoshman!

Qo‘ng‘irotboy SHARIPOV, 
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri
 

  • Share :