«Xotira» maydoni ziyorat qilindi
9 may — Xotira va qadrlash kuni arafasida Muhandislik kommunikasiyalari fakul'teti tyutori Xayrullo Salimov boshchiligida fakul'tetning 2-bosqich talabalari Namangan shahrida joylashgan “Xotira” maydonini ziyorat qildi.
Ziyorat davomida tomonidan janggohlarda jon bergan vatandoshlar nomlari muhrlangan «Xotira kitobi» ko‘zdan kechirildi, “Motamsaro ona” haykali qarshisida sukut saqlandi.
Talabalarga mazkur sana va Ikkinchi jahon urushi bilan bog‘liq tafsilotlar haqida batafsil ma'lumot berildi.