“Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish eng muhim vazifa”
2022 yil 29 Sentyabr kuni Sanoatni axborotlashtirish fakulteti Xotin-qizlar Kengashi raisasi D.Inomiddinova, fakultet dekani A.Qahharov va barcha tutorlar tashabbusi bilan 1 va 2 bosqich talaba-qizlarining 125 nafari ishtirokida 1/102 auditoriyada “Xotin qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7 martdagi RF-87-sonli Farmoniga asosan “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish eng muhim vazifa” mavzusida tadbir o‘tkazildi.Tadbirda Davlat siyosat darajasiga ko’tarilgan, jamiyatda xotin-qizlarga tazyiq va zo‘ravonlikka nisbatan qarshi kurashish, gender tenglikni ta’minlash siyosatini davom ettirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab quvvatlashga doir islohatlarni amalga oshirish, xotin-qizlarning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalar olishlari, munosib ish topishlariga har tomonlama ko‘maklashish, tadbirkorligini qo‘llab – quvvatlashga va ularni qobilyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirish to‘g‘risida tushuntirildi. Sog’lom turmish tarzini tashkil qilishda tozalik,gigeniya qoidalariga amal qilish bugungi kun talabi, sport bilan doimo shug’ilanish,”Sog’tanda- Sog’ aql” ga amal qilish qizlar gigeniyasini xayot mazmuniga aylanishi,ekologik xolatlarga e'tuborli bo'lish shartlari aytildi.
Saytga tayyorladi: D.Inomiddinova