Xorijda oliygohlar tajriba ishlab chiqarish korxonalarini (spin-of) ochib tadqiqot o‘tkazadi
Xorijda oliygohlar tajriba ishlab chiqarish korxonalarini (spin-of) ochib, davlat va ishlab chiqaruvchi mablag‘larini jalb qiladi, tadqiqot o‘tkazadi, innovasion mahsulot yaratib, tijoratlashtiradi.
Ular 5-7 yil ichida universitetdan ajraladi va kichik korxonaga aylanadi.
Bizda Farg‘ona politexnika instituti 14 ta korxona (spin-of) ochib, 21 milliard so‘m daromad qilgan. Bu yil daromadni 40 milliard so‘mga, kelasi yili – 100 milliard so‘mga olib chiqish bo‘yicha aniq hisob-kitoblari bor.
Eng muhimi, ushbu korxonalar ishchilarining 90 foizi oliygoh o‘qituvchilari va talabalari.
Umuman, jami 12 ta oliygohda bunday 28 ta korxona tashkil qilinib, ular 47 milliard so‘m daromad olgan. Lekin, qolgan 24 ta oliygoh rektorida ham, hokimlarda ham bu borada birorta tashabbus yo‘qligi qayd etildi.