• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Viloyat hokimining o‘rinbosari Jamoliddin Aloydinov NamMQI talabalar turar-joyidagi sharoitlar bilan tanishdi

Unga institut rektori Sharibboy Ergashev, viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari Oybek Xo‘jaqulov, Yoshlar agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Baxtiyor Mirzatov hamrohlik qildi.

 Tanishuv chog‘ida yotoqxonada istiqomat qilayotgan talabalar bilan bevosita muloqot qilindi. Ularning fikr-mulohazalari tinglanib, taklif va murojaatlari o‘rganildi.

 Shuningdek, talabalar turar-joyidagi to‘garak va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari faoliyati ham diqqat markazida bo‘ldi. 

Institut rektori mehmonlarni oliy o‘quv yurti bilan bog‘liq kelgusidagi rejalar aks etgan loyihalar bilan tanishtirdi. 

 

NamMQI media markazi

  • Share :