• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Transport fakultetida davlat bayrogi qabul qilingan kunning 33-yilligi munosabati bilan “Bayrogʻim — mening faxrim” shiori ostida tadbir oʻtkazildi

Tadbirda Transport fakulteti mutasaddilari, Ijtimoiy fanlar kafedrasi vakillari, fakultet tyutorlari va  talabalari ishtirok etdi.

Tadbirni fakultet dekan oʻrinbosari Gʻayrat Toʻxliyev ochib berdi va bayram munosabati bilan yigʻilganlarni tabrikladi.

Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta oʻqituvchisi Surayyo Dehqanova  davlat bayrogʻi tarixi bilan bogʻliq qiziqarli maʼlumotlar bilan boʻlishdi.

Transport fakulteti talabalari tomonidan bayroqni madh etuvchi sheʼrlar, sahna chiqishlari namoyish etildi.

  • Share :