• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Transport fakulteti talabasining monografiyasi oʻzbek va ingliz tillarida chop etildi

Namangan muhandislik-qurilish instituti Transport fakulteti 3-bosqich talabasi Jahongir Abdulmannonovning qishloq xoʻjaligiga oid hammualliflikdagi monografiyasi oʻzbek va ingliz tillarida (Lambert nashriyoti) chop etildi.

Monografiya Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish kafedrasi mudiri, dotsent Raрimjon Murodov ilmiy rahbarligida nashrdan chiqdi.

Monografiyada ekin qator oralari tuprogʻini meliorativ holatini yaxshilash texnika va texnologiyasiga oid mavzular yoritilgan.

Maydonlarga ishlov berish usullari va vositalari nazariy hamda tajribaviy tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari boʻyicha ishlab chiqilgan yangi, energiyatejamkor qurilmalar tavsifi keltirilgan.

  • Share :