• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Toshkentdagi Turin politexnika institutida birinchi Oʻzbekiston-Italiya taʼlim forumi boshlandi

Forumda Italiya Universitetlar va tadqiqotlar vazirligi hamda uning huzuridagi 25 ga yaqin universitetlar, 40 dan ortiq Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari rahbarlari va boshqa masʼul vakillar ishtirok etmoqda. Ular qatorida Namangan muhandislik-qurilish instituti rektori Sharifjon Ergashev ham bor.

Forum “Universitetlar hamkorligining yangi bosqichi — ikki davlat va jamiyat rivojlanishining muhim omili” mavzusida boʻlib oʻtadi. Uni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov va Italiya Universitetlar va tadqiqotlar vaziri Anna Maria Bernini boshlab bermoqda.

Tadbir davomida taʼlim sohasida zamonaviy yondashuvlar, ilgʻor raqamli texnologiyalar va innovatsion oʻqitish usullarini joriy etish, qoʻshma taʼlim dasturlarini tashkil etish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish hamda talabalar va professor-oʻqituvchilarning akademik mobilligini kengaytirish masalalari muhokama etiladi.

  • Share :